30.06.2023
267
O‘ZBEK TILIGA XITOY TILIDAN O‘ZLASHGAN OZIQ-OVQAT NOMLARI TAHLILI

Muallif: Komilova, Mohitabon

Annotatsiya: O‘tmishda juda qadim davrlardan xalqlar o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatib hayot kechirishgan. Bu munosabatlar madaniyatning turli jabhalariga, o‘z navbatida, tashqi omillar hisobidan tillarning boyishiga ham ta’sir o‘tkazgan. Shu jumladan, o‘zbek va xitoy xalqlari munosabatlari ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Manbalarda Xitoyga Turkistondan ba’zi o‘simlik va daraxtlarning olib ketilib madaniylashtirishgani haqida ma’lumotlar mavjud. Shuningdek, xitoy oshxonasiga oid ba’zi ovqatlar asosan, uyg‘urlar orqali o‘zbek xalqi tomonidan o‘zlashtirilgani ma’lum. Bu jarayonlarning barchasi tilimizning xitoy tilidan olingan so‘zlar hisobiga boyishi uchun ham xizmat qildi. Ushbu maqola tilimizga xitoychadan o‘zlashgan so‘zlarning shakl va ma’no o‘zgarishlariga bag‘ishlangan.

Kalit so'zlar: o‘zlashma so‘zlar, manti, jenshen, lag‘mon, choy

Jurnaldagi sahifalar: 54 - 56

Yuklab olish