28.06.2025
22
O‘ZBEK TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘QITISH MUAMMOLARI, O‘ZBEK DIPLOMATIYASIDA O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTIDAN YUMSHOQ KUCH SIFATIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Muallif: Alimov, O.

Annotatsiya: Joriy yil O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi, O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi nishonlandi. Ammo ushbu vaqt ichida xorijda o‘zbek tilini o‘qitish, xalqimiz adabiyotini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmadi. Asosiy birlamchi muammolar sifatida o‘zbek tilini sodda usulda o‘qitadigan va chet tillarida yozilgan o‘quv qo‘llanmalarining mavjud emasligi, xorijda mahalliy o‘qituvchilar yetishmasligi, o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqishning pastligini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, ushbu maqolada o‘zbek tili fonetikasi va grammatikasini o‘qitish uslubini qayta ko‘rib chiqish, xususan, fe’l zamonlarini soddalashtirish bo‘yicha takliflar beriladi. O‘zbek tilini o‘qitishdan keyingi bosqish sifatida o‘zbek adabiyoti durdonalarini xalqaro tillarga sifatli tarjima qilish va xorijda faol targ‘ib qilish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Bunda fors adabiyotining hozirga qadar jahon xalqlari orasida sevib mutoala qilinishi, turkiy adabiyotni targ‘ib qilishga bo‘lgan e’tibor pastligi yuzasidan so‘z yuritiladi. Maqola so‘ngida o‘zbek tilini va xorijiy tillarga tarjima qilingan adabiyotimiz durdonalaridan “yumshoq kuch” sifatida foydalanish bo‘yicha taklif beriladi.

Kalit so'zlar: O‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, o‘zbek tili darsliklari, lug‘at, Alisher Navoiy, tarjima, madaniy almashinuv, ta’lim, professional hamkorlik, turkolog, o‘qituvchilar jalb qilish tizimi islohoti, “yumshoq kuch”, diplomatiya.

Jurnaldagi sahifalar: 11 - 22

Yuklab olish