03.12.2025
16
O‘ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK MULOQOTIDA RAMZIY–PRAGMATIK MUZOKARA MODELI

Muallif: Shamansurov, Shorasul Shovkatovich

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi diplomatik muloqot ramziy diplomatiya va strategik pragmatizm uyg‘unligi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi ramziy va pragmatik elementlarni birlashtiruvchi yangi konseptual yondashuv – “ramziy–pragmatik muzokara modeli”ni taklif etishdan iboratdir. Maqolada Xitoyning muzokara madaniyatida yuz (mianzi) tushunchasi, ramziy protokol va pragmatik manfaatlar uyg‘unlashuvi O‘zbekiston–Xitoy diplomatik tajribasi misolida chuqur tahlil qilinadi. Natijada, ushbu yondashuv ikki davlat strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi nazariy va amaliy asos sifatida namoyon bo‘ladi.

Kalit so'zlar: ramziy diplomatiya, strategik pragmatizm, mianzi, O‘zbekiston–Xitoy munosabatlari, muzokara modeli.

Jurnaldagi sahifalar: 659 - 663

Yuklab olish