Muallif: Saydaliyeva, Nigora
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi madaniy hamkorlikning tarixiy ildizlari va hozirgi zamondagi rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Buyuk Ipak yo’li davridan boshlangan madaniy almashinuv jarayonlari, ilm-fan, san’at, adabiyot va diniy qadriyatlarning ikki xalq hayotiga ko’rsatgan ta’siri ko’rib chiqiladi. Mustaqillikdan keyingi davrda esa ta’lim, san’at, turizm, xalq diplomatiyasi va iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq madaniy jarayonlarning yangi bosqichga ko’tarilgani ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada shuningdek, hozirgi zamon hamkorlikning istiqbollari hamda madaniy almashinuv dasturlarining rivojlanish omillari bo’yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: O’zbekiston, Xitoy, madaniy hamkorlik, Buyuk Ipak yo’li, ta’lim, san’at, turizm, xalq diplomatiyasi, madaniy almashinuv, strategik sheriklik, Xitoy Fanlar Akademiyasi (CAS), strategik hamkorlik memorandumlari (MoU).
Jurnaldagi sahifalar: 509 - 517