08.02.2026
7
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK MADANIYATI VA AYOL HUQUQLARI EVOLYUTSIYASI: TARIXIY-HUQUQIY TAHLIL

Muallif: Xolmirzayeva, Mushtariybegim Ergash qizi; Xaydarova, R.A.

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda gender tenglik madaniyati shakllanishining XIX asrdan XX asr oxirigacha bo‘lgan tarixiy-huquqiy tadriji tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qo‘qon xonligidagi otinoyilar instituti, shariat qonunchiligidagi ayol huquqlari himoyasi (mahr, xulu’) hamda jadid ma’rifatparvarlarining ijtimoiy ong transformatsiyasidagi roli arxiv hujjatlari va davriy matbuot materiallari asosida yoritilgan. Shuningdek, XX asrning ikkinchi yarmida ta’lim tizimidagi islohotlar natijasida ayol pedagog kadrlar va rahbarlar qatlamining shakllanishi statistik ma’lumotlar yordamida asoslangan.

Kalit so'zlar: Gender tenglik, otinoyilar, Uvaysiy, jadidlar, mahr, ijtimoiy ong transformatsiyasi, ayollar ta’limi.

Jurnaldagi sahifalar: 152 - 156

Yuklab olish