08.02.2026
8
O‘ZBEKISTONDA GENDER TENGLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Muallif: Shoumarov, G‘.B.

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda gender tenglik madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Gender tushunchasining mazmuni, tarixiy shakllanishi va erkak hamda ayol shaxsiga xos individual-psixologik xususiyatlar yoritilgan. Jamiyatda mavjud gender stereotiplari, oilaviy munosabatlar, zo‘ravonlik, ajralishlar va suitsid holatlarining gender tenglik bilan bog‘liqligi ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Ta’lim tizimidagi rahbarlik lavozimlarida ayollarning ishtiroki hududlar kesimida statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, gender tenglikni rivojlantirishda etnopsixologik omillar, milliy qadriyatlar va ta’lim muassasalarining o‘rni asoslab berilgan hamda amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: gender, gender tenglik, ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya, gender stereotiplari, oila, ta’lim tizimi, ayollar rahbarligi.

Jurnaldagi sahifalar: 6 - 15

Yuklab olish