08.02.2026
9
O‘ZBEKISTONDA OILA SIYOSATINING SHAKLLANISHI.

Muallif: Abdurayimov, Sardorbek Odiljon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda oila siyosatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, davlat tomonidan oilani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar hamda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir yangi mexanizmlar tahlil qilinadi. Xususan, professional tutingan oila institutining joriy etilishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar bilan ishlash tizimi va oilaviy farovonlikni oshirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlar yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari oila institutini mustahkamlash jamiyat barqarorligining muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: Oila siyosati, oila instituti, ijtimoiy himoya, bolalar huquqlari, professional tutingan oila, demografik rivojlanish, an’anaviy qadriyatlar, davlat ijtimoiy siyosati, reabilitatsiya, ijtimoiy xizmatlar.

Jurnaldagi sahifalar: 58 - 61

Yuklab olish