21.04.2022
457
QADIMGI XITOY TILIGA OID KO‘RSATISH OLMOSHLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Muallif: Turdimuradova, Nilufar Baxrom qizi

Annotatsiya: Xitoy tilida ko‘rsatish olmoshlari uzoq yillik tarixiy ildizlarga ega. Mumtoz adabiyotlarda qo‘llangan ko‘rsatish olmoshlari o‘zlarining venyanizmga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Zamonaviy xitoy tili – putunxuada, odatda, ushbu ko‘rsatish olmoshlarning muqobillari qo‘llansada, rasmiy, badiiy, publitsistik uslublarda hali ham ularni tez-tez uchratish mumkin. Ushbu maqola doirasida turli tarixiy manbalardan keltirilgan misollar asosida qadimgi xitoy tiliga oid ko‘rsatish olmoshlarining bir nechtasi tahlili amalga oshiriladi hamda ularning leksik-sintaktik o‘ziga xos jihatlari tadqiq etiladi. Shuningdek, maqolada qadimgi xitoy tiliga oid ko‘rsatish olmoshlarining bugungi kundagi iste’mol imkoniyatlari bilan bog‘liq ma’lumotlar ham taqdim etiladi.

Kalit so'zlar: ko‘rsatish olmoshi, venyan, bog‘lama, aniqlovchi, sinonim, antonim

Jurnaldagi sahifalar: 71 - 76

Yuklab olish