06.01.2022
668
RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI

Muallif: Nazarov, Azamat Sattarovich

Annotatsiya: Maqolada rahbar faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish darajalari va bosqichlarini ijtimoiy-psixologik xusususiyatlari tahlil etilgan. Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki, to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun rahbar psixologik jihatdan ham ma’lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, rahbar muammoli vaziyat haqida ma’lumot yig‘ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur - informasion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma’lumotning to‘la-to‘kisligi, har tomonlamaligiga bog‘liq.

Kalit so'zlar: boshqaruv, qaror qabul qilish, boshqaruv qarorlari, shaxs, personal, rahbar, menejment, qaror qabul qilish bosqichlari.

Yuklab olish