15.06.2024
147
ROBINDRANAT TAGOR DINIY-FALSAFIY QARASHLARIDA INSONNI ILOHIYLASHTIRISH VA XUDONI INSONIYLASHTIRISH MASALALARI

Muallif: Nuridinov, Javohir Izomovich

Annotatsiya: Tagorning diniy qarashlari asosan insonni ilohiylashtirish va Xudoni insoniylashtirishga asoslangan. Xudoni insoniylashtirishning ma’nosini tushuntirar ekan, u shunday deydi: “Xudoni insoniylashtirish nafaqat Xudo insoniyatning Xudosi, balki u har bir insonda Xudo ekanligini anglatadi”. Tagorning fikricha, dinning mohiyati insonparvarlikdir. Aynan shu insoniy jihat dinning asosini tashkil qiladi. Tagor insoniylik va ilohiylik ikki xil tartiblarga tegishli emas, deb hisoblagan. Ular xuddi bir tanganing ikki tomoniga o‘xshaydi. Dinning maqsadi insonda yashirin yotgan ilohiylik elementini uyg‘otishdir. Tagorning fikricha, din bo‘luvchi kuch emas, balki har doim birlashtiruvchi kuch bo‘lishi kerak. Haqiqiy din bu barcha odamlarning diniy e’tiqodlaridagi farqlarni emas balki birligini qabul qiladigan dindir. Tagor shaxsan Baul qo‘shiqchilarining gumanistik falsafasini “hind Xalqining dini” kitobida ijobiy birlik sifatida izohlaydi. Baul qo‘shiqchilaridan keyin Vaishnavizm, Mirabay tasavvufi, Tulsidas madhiyalari, Chandidas so‘zlari, Kabirning mistik qo‘shiqlari ham Tagorga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tagorning o‘zi Kabirning yuzta she’rini ingliz tiliga tarjima qilgan. Kabir she’rlaridagi Tagorni o‘ziga jalb qilgan narsa bu uning diniy sevgi falsafasi, dinga xolis qarashlari va insonga bo‘lgan ilohiy e’tiqodi edi.

Kalit so'zlar: asketizm, gedonizm, hinduizm, braxmanizm, upanishadlar, “Inson dini”, “Sadhana”, “Gitanjali”.

Jurnaldagi sahifalar: 622 - 630

Yuklab olish