18.06.2025
35
SAIDIDDIN AL-FARG‘ONIY MEROSIDA BILIM VA MA’RIFAT FALSAFASINING SUN’IY INTELLEKT BILAN INTEGRATSIYASI

Muallif: Obidov, Asliddin Shavkatovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq falsafasi namoyandalaridan biri Saididdin al-Farg‘oniy (Saʿīd al-Dīn Muḥammad al-Farghānī)ning bilim va ma’rifatga doir falsafiy qarashlari zamonaviy texnologiyalar, xususan sun’iy intellekt bilan uyg‘unlashuvi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Al-Farg‘oniy o‘zining “Mashariq al-darari” asarida bilimni ilohiy haqiqatga yetishish vositasi sifatida talqin etadi. Uning fikricha, haqiqiy ma’rifat yurak (qalb) va ruhiy poklik orqali anglanadi. Mazkur maqolada ushbu ruhiy-ma’naviy yondashuv zamonaviy bilish texnologiyalari — sun’iy intellekt tizimlaridagi axborotni qayta ishlash, avtomatik o‘rganish va algoritmik fikrlash tamoyillari bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda Sharq va G‘arb falsafasi, zamonaviy sun’iy intellektga doir ilmiy maqolalar, shuningdek, axloqiy-falsafiy manbalar integratsiya qilinadi. Al-Farg‘oniy merosidagi bilim va haqiqatga erishish tamoyillari, bugungi sun’iy intellekt orqali bilim hosil qilish jarayonlariga qanday nazariy asoslar baxsh eta olishi tahlil qilinadi. Shu orqali insoniy tafakkur va kompyuter algoritmlarining umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi. Maqolada, shuningdek, sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan ta’lim tizimlariga Farg‘oniy g‘oyalarining qo‘llanish imkoniyatlari yoritiladi. Ushbu yondashuv orqali ma’naviy qadriyatlar asosida texnologik taraqqiyotga erishish yo‘llari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: Saididdin al-Farg‘oniy, bilim falsafasi, ma’rifat, sun’iy intellekt, Sharq falsafasi, ta’lim tizimi, gnoseologiya, ma’naviy tafakkur.

Jurnaldagi sahifalar: 295 - 301

Yuklab olish