Muallif: Ibragimova, X.S.; Nuratdinova, D.E.
Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tenglik tushunchasining san’at sohasi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Erkak va ayol ijodkorlarning jamiyatda qabul qilinishidagi farqlar, san’atda mavjud gender stereotiplari hamda ularni bartaraf etishda san’atning ijtimoiy-ta’limiy imkoniyatlari yoritiladi. Muallifning ilmiy pozitsiyasiga tayangan holda san’atni gender tenglik madaniyatini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qarash zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimi va madaniy siyosatda genderga sezgir yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: gender tenglik, san’at, madaniyat, ijodkor ayol, ijodkor erkak, ijtimoiy ong, san’at ta’limi.
Jurnaldagi sahifalar: 233 - 237