25.06.2022
368
SHARQ MUMTOZ SHOIRALARI ASARLARIDA IJTIMOIY-FALSAFIY QARASHLAR, HAMDA GENDER TENGLIGI MASALASI. (NOZIMAXONIM IJODI MISOLIDA)

Muallif: Ahrorova, Madina Rahmatovna

Annotatsiya: Nozimaxonim (1870 – 1924, Toshkent) Oʻzbek ayollari orasidan chiqqan birinchi jurnalist-publitsist. Tatar, arab va fors tillarini oʻrgangan. Orenburg va Qozonda chiqib turgan matbuotni muntazam kuzatib borgan. Yevropa adabiyoti va madaniyati bilan tanish, erkparvarlik gʻoyalaridan bahramand boʻlgan va bu g`oyalarni bizda ham targ`ib qilgan. Barcha mumtoz shoiralar singfari Nozimaxonim ham maorifni jaholat va razolatga qarshi qurol qilib olgan. Oʻzbek va fors mumtoz adabiyotini, ayniqsa, Saʼdiy, Hofiz asarlarini oʻqigan. Sharq va g`arb ta`limini olgan shoiraning ijodi g`azallar misolida ushbu maqolada tahlil qilingan. Shuningdek, shoira ijodida ozodlik motivlari nozik qochirim, irfoniy g`azallar asosida bezak berilgan bo‘lib maqolada ushbu masalalar falsafiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: “Sadoyi Turkiston”, “Taraqqiy”, bo‘ston, riyoziyot, jaholat, zulm, maorif, erk, zabon, fusn.

Jurnaldagi sahifalar: 133 - 144

Yuklab olish