Muallif: Ibragimova, Mavluda; Sattarov, Timur Sabirovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq va G‘arb madaniyatlaridagi oila psixologiyasining o‘ziga xos jihatlari gender rollari prizmasi orqali qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi farzand tarbiyasida ota va onaning funksional vazifalari, ularning bolaning ijtimoiy ongi shakllanishiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Muallif an’anaviy kollektivistik va zamonaviy individualistik yondashuvlarning transformatsiyasini ko‘rib chiqadi. Xulosa qismida gender tengligi madaniyatini oilaviy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: gender rollari, oila psixologiyasi, Sharq va G‘arb, farzand tarbiyasi, ijtimoiy ong, transformatsiya, gender tengligi, kollektivizm.
Jurnaldagi sahifalar: 403 - 406