Muallif: Mahkamova, S.H.; Toshpulatova, Sitoraxon
Annotatsiya: Ushbu maqolada sinxron tarjimonlik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarda kuzatiladigan xavotirlanish va stress holatlari, ularning psixologik mexanizmlari hamda ushbu holatlarni boshqarish strategiyalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy kognitiv yondashuvlar, xususan A. Bekning tashvishning kognitiv modeli, D. Klarkning panikaga oid kognitiv konsepsiyasi hamda Ch. Spilbergerning holatli va shaxsiy tashvish nazariyasi asosida sinxron tarjimonlik faoliyatiga xos stress omillari yoritiladi. Shuningdek, stress va xavotirni boshqarishda psixologik resurslar, emotsional intellekt va kognitiv-regulyativ strategiyalarning ahamiyati asoslab beriladi. Maqola sinxron tarjimonlik talabalarining kasbiy tayyorgarligini oshirish va psixologik barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: sinxron tarjimonlik, xavotirlanish, stress, kognitiv model, gender xususiyatlari, stressni boshqarish, emotsional intellekt.
Jurnaldagi sahifalar: 206 - 209