Muallif: Asadova, Dilnoza Innatovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari keng rivojlanayotgan hozirgi davrda O‘zbekistonda yoshlarning tarixiy ongi va aksiologik dunyoqarashini shakllantirish masalasi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Tadqiqotda AI vositalaridan (masalan, interaktiv platformalar, virtual muzeylar, tarixiy simulyatsiyalar) foydalangan holda tarixiy bilim va milliy qadriyatlarni yosh avlodga samarali yetkazish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlarida yoshlarning tarixiy tafakkurini mustahkamlash, ularni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda sun’iy intellektning ijtimoiy-pedagogik salohiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga oid siyosiy nutqlari, xorijiy ilmiy tajribalar va zamonaviy raqamli texnologiyalar uyg‘unligida tarbiya jarayonining dolzarb jihatlari ochib berilgan. Maqola yoshlarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda sun’iy intellekt asosida taklif etilgan amaliy yechimlarni ham o‘z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: mafkura, madaniyat, ma’rifat, ma’naviyat, axloq, ong, tarbiya, qadriyat, insonparvarlik, taraqqiyot.
Jurnaldagi sahifalar: 329 - 336