Muallif: Toshboboyev, Maqsud Jalilovich
Annotatsiya: Globallashuvning shiddat bilan kechayotgan hozirgi davrida inson va texnikaning, xususan, sun’iy intellektning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri tobora kuchaymoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt va ijtimoiy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik falsafiy, ijtimoiy va texnologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Texnologik taraqqiyot, raqamlashtirish, kommunikatsiya vositalarining rivoji insoniy muloqot, kasb tanlash, mehnat bozori va ma’naviy qadriyatlar tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi tizimlarning imkoniyatlari va cheklovlari, ularning kompensatorlik va kommunikativ ahamiyati haqida tahliliy fikrlar bildiriladi.
Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, ijtimoiy jarayonlar, texnologik taraqqiyot, raqamlashtirish, kommunikatsiya, mehnat bozori, algoritm, kompensatorlik.
Jurnaldagi sahifalar: 405 - 409