Muallif: Hakimov, Bekzod Yo‘ldosh o‘g‘li
Annotatsiya: Maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilashdagi muhim rolini o‘rganadi. SI vositalari ko‘rish, eshitish, harakatlanish va kognitiv qobiliyatlarda cheklovlarga ega bo‘lgan odamlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Maqolada SI yordamida real vaqtda matn o‘qish, jest tili tarjimasi, aqlli protezlar va shaxsiy yordamchilar kabi innovatsion yechimlar misollar orqali ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, texnologiyalarning ijtimoiy ta’siri, jumladan, inklyuzivlikni oshirish, mustaqillikni ta’minlash va jamiyatda teng huquqlilikni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Maqola SI ning nafaqat texnologik, balki ijtimoiy o‘zgarishlar vositasi sifatida potentsialini ta’kidlaydi, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada adolatli va qulay dunyo yaratish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, nogironlik, nogironligi bo‘lgan shaxslar, konvensiya texnologik yechimlar, ijtimoiy o‘zgarishlar, shaxsiy mustaqillik, teng imkoniyatlar, inson huquqlari.
Jurnaldagi sahifalar: 517 - 523