Muallif: Abdullayeva, Marxabo Raxmonkulovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida talabalarda gender tenglik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda xorijiy til ta’limining nafaqat lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish, balki talabalarda ijtimoiy tenglik, o‘zaro hurmat va gender sezgirlik kabi qadriyatlarni shakllantirishdagi roli yoritib beriladi. Xorijiy tillar darslarida qo‘llaniladigan autentik materiallar, interaktiv metodlar hamda kommunikativ yondashuvlar orqali gender stereotiplarini kamaytirish va tenglik madaniyatini mustahkamlash imkoniyatlari asoslab beriladi. Maqolada ta’lim jarayoniga gender tenglik tamoyillarini integratsiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham ilgari suriladi.
Kalit so'zlar: gender tenglik madaniyati, xorijiy tillar ta’limi, tarbiyaviy imkoniyatlar, gender sezgirlik, ijtimoiy tenglik, kommunikativ yondashuv, interaktiv metodlar, talaba shaxsi
Jurnaldagi sahifalar: 219 - 223