Muallif: Umaraliyeva, Hilola Fazliddin qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarda kommunikativ kompetentlik tushunchasi ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan nazariy tahlil qilinadi. Kommunikativ kompetentlik shaxsning ijtimoiy muhitda samarali muloqotga kirishish, guruhiy munosabatlarda moslashuvchanlik ko‘rsatish va o‘zaro ta’sir jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil etish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Maqolada kommunikativ kompetentlikning kognitiv, emotsional va xulq-atvoriy komponentlari yoritilib, uning talabalar ijtimoiy moslashuvi va guruhiy faoliyat samaradorligidagi o‘rni asoslab beriladi. Nazariy tahlil natijalari kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish oliy ta’lim tizimida muhim ijtimoiy-psixologik vazifa ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentlik, ijtimoiy psixologiya, gender omili, talaba shaxsi, guruhiy o‘zaro ta’sir, muloqot, ijtimoiy moslashuv, kognitiv komponent, emotsional komponent, xulq-atvoriy komponent.
Jurnaldagi sahifalar: 366 - 371