11.06.2025
8
TALABALARNING SMARTFONDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI BO‘YICHA EMPIRIK TADQIQOT

Muallif: Egamberdiyev, Azizbek; Foziljonova, Durdona; Karimova, Nazokat

Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalar o‘rtasida smartfonlardan foydalanish tendensiyalari empirik tadqiqot asosida o‘rganilgan. Unga ko‘ra, StayFree ilovasi orqali olingan 8 nafar talabaning bir sutka davomida smartfondan foydalanish ma’lumotlari tahlil qilinadi. Tahlil doirasida har bir talabaning smartfonga ajratgan umumiy vaqti va uning kunlik 24 soatlik jadvalga nisbati ko‘rib chiqiladi. Dars vaqtida smartfon ishlatish holatlari tahlil qilinib, talabalar qanchalik smartfonga qaram ekani baholanadi. Shuningdek, ortiqcha ekran vaqtining sog‘liq (ko‘z sog‘lig‘i, uyqu sifati), ruhiy holat (tashvish, depressiya) va ijtimoiy hayot (do‘stlar bilan aloqalar, diqqatning bo‘linishi)ga salbiy ta’siri zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Yakunda, olingan natijalar infografika va diagrammalar yordamida vizual tarzda taqdim etiladi.

Kalit so'zlar: Smartfon ishlatilishi, StayFree ilovasi, ekran vaqti, raqamli qaramlik, ruhiy salomatlik, ijtimoiy munosabatlar

Jurnaldagi sahifalar: 199 - 206

Yuklab olish