Muallif: Anvarova, Durdona Abror qizi; Mahmudova, Mahliyo Akramjon qizi; Haydarova, Ra’no Anvarovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim tizimida ildiz otgan gender stereotiplarining o‘quvchi va talabalar rivojlanishiga salbiy ta’siri hamda ularni bartaraf etish usullari tadqiq etiladi. Maqolada xalqaro miqyosdagi ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, O‘zbekiston ta’lim muassasalarida gender tenglik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, o‘quv dasturlari va darsliklardagi gender diskriminatsiyasini cheklashning pedagogik va psixologik jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Gender tengligi, stereotip, ta’lim siyosati, ijtimoiy ong, xalqaro tajriba, STEM, O’zbekiston, innovatsion yondashuv, transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 291 - 294