Muallif: Axunbabayeva, Madinaxon Asror qizi; Sattarov, Timur Sabirovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida gender stereotiplarini bartaraf etishning metodologik asoslari va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida o‘quv jarayonidagi “yashirin o‘quv dasturi” hamda darsliklardagi gender assimetriyasi bilan bog‘liq muammolar ochib berilgan. Muallif tomonidan qizlarning ilm-fanga, xususan STEM sohalariga qiziqishini oshirishga qaratilgan innovatsion pedagogik yondashuvlar ilgari surilgan. Maqolada keltirilgan tavsiyalar ta’lim siyosatini transformatsiya qilish va ijtimoiy ongda gender tenglik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Gender tengligi, stereotip, ta’lim siyosati, ijtimoiy ong, STEM, metodik mexanizm, transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 210 - 213