Muallif: Salixova, Malika Baxtiyor qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida gender tengligi madaniyatini shakllantirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda gender stereotiplarini bartaraf etish, inklyuziv pedagogika, raqamli texnologiyalar, mentorlik dasturlari hamda gender mainstreaming strategiyalarining ta’lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar (UNESCO, UNICEF, UN Women va boshqalar) tajribasi asosida gender tengligini ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali amaliyotlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, STEM ta’limida gender nomutanosibliklarini kamaytirish, sun’iy intellektdagi gender tarafkashlik masalalari va raqamli tafovut muammolariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim orqali jamiyatda teng imkoniyatlarni kengaytirish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: gender tengligi, inklyuziv ta’lim, innovatsion pedagogika, gender mainstreaming, raqamli texnologiyalar, STEM ta’limi.
Jurnaldagi sahifalar: 372 - 375