08.02.2026
9
TA’LIM MUHITIDA GENDER TENGLIK VA EMOTSIONAL INTELLEKT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Muallif: Akbarova, Dildora Valijonovna; Kamalova, Zulfiya Xasanovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim muhitida gender tenglikni ta’minlash va emosional intellektni rivojlantirish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida nafaqat bilim berish, balki shaxsning emotsional, ijtimoiy va axloqiy rivoji ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Gender tenglik tamoyillariga asoslangan ta’lim muhiti o‘quvchilarda adolat, hurmat, hamkorlik va empatiya kabi muhim sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Emosional intellekt esa shaxsning o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va boshqalar bilan samarali muloqot qilish qobiliyatini belgilaydi. Maqolada gender stereotiplari ta’lim jarayoniga qanday ta’sir qilishi, shuningdek, emosional intellektning shakllanishida tenglikka asoslangan muhitning o‘rni yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari pedagogik jarayonda inklyuzivlik va psixologik qulay muhit yaratish zarurligini asoslab beradi.

Kalit so'zlar: gender tenglik, emosional intellekt, ta’lim muhiti, empatiya, inklyuziv ta’lim, shaxs rivoji, ijtimoiy moslashuv.

Jurnaldagi sahifalar: 228 - 232

Yuklab olish