23.02.2022
539
TА`LIM TIZIMIDА «ASSESSMENT» HАMDА «EVALUATION» TUSHUNCHАLАRI VА ULАRNING FАRQI

Muallif: Pulatova, Zulfiya Abduazizovna

Annotatsiya: Pedagogning faoliyat samaradorligini belgilab beradigan eng muhim omil bu uning pedagogik va baholash mahorati ekanligini aslo unutmasligimiz lozim. Talabalarning olgan bilimlarini baholash esa pedagogdan nafaqatdan xolislikni, balki, juda katta kompetentsiyani talab qilishini eʼtirof etishimiz lozim. Talabalarning oʼzlashtirishini, boʼlajak professional faoliyatini chuqur oʼrganayotganligiga amin boʼlgan holda baholash, ularning har tomonlama bilim olishlarini ragʼbatlantirishning oʼzi ham juda katta pedagogik kompetentsiyani talab qiladi. Baholash – bu ogʼzaki yoki yozma muloqot koʼnikmalari qoʼllanilishi bilan autentik vazifalarning bajarilishini talab qiladigan, amalga oshirilgan ishlarga asoslanadi. Ushbu maqolada «Assessment» hamda «Evaluation» tushunchalarining oʼqitish taʼlimotidagi oʼrni va farqi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: baholash, nazorat turlari, test turlari, ta`lim tizimi, yondashuvlar, assessment, evaluation..

Yuklab olish