Muallif: Shamsuvaliyeva, Elsuyar Asgatovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash jarayonida gender tenglik madaniyatini shakllantirish masalalari chet tilini o‘qitish metodikasi bilan uzviy bog‘liq holda tahlil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlari asosida raqobatbardosh, ijtimoiy mas’uliyatli va gender tenglik tamoyillariga sodiq mutaxassislar tayyorlash zarurati yoritilgan. Maqolada chet tilini o‘qitishda o‘qish va yozuv kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonida gender tenglik g‘oyalarini integratsiya qilishning didaktik va metodik asoslari ochib berilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali talabalarda tanqidiy fikrlash, tolerantlik va ijtimoiy ongni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: gender tenglik madaniyati, ta’limni modernizatsiyalash, oliy ta’lim tizimi, chet tilini o‘qitish, o‘qish kompetensiyasi, yozuv kompetensiyasi, pedagogik innovatsiyalar, ijtimoiy ong.
Jurnaldagi sahifalar: 246 - 251