Muallif: Xayrullayeva, Nargiza Kudratullayevna
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari, ta’lim tizimining raqamli transformatsiyaga moslashuvi, AKT yetkazib berayotgan imkoniyatlar va mavjud muammolar kompleks tarzda ilmiy tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv sharoitida raqamli ta’limning dolzarbligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar bilan bevosita bog‘liqdir. Elektron ta’lim resurslari, masofaviy o‘qitish va sun’iy intellektga asoslangan ta’limni boshqarish tizimlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Maqolada AKTning ta’limga ijobiy ta’siri bilan birgalikda raqamli tengsizlik, pedagoglarning AKT kompetensiyasi, infratuzilma va kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar ham yoritilgan. Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ta’limni raqamlashtirish istiqbollari, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, raqamli ta’lim, masofaviy ta’lim, innovatsion pedagogika, sun’iy intellekt, AKT
Jurnaldagi sahifalar: 48 - 55