28.06.2025
21
TARJIMANING KASBIY MULOQOTDAGI ROLI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY MASALALAR

Muallif: Кadirova, Mashxura Mirzaakbarovna

Annotatsiya: Maqola tarjimaning kasbiy muloqotdagi o‘rni va uning nazariy asoslarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tarjima, kasbiy muloqotni samarali tashkil etish uchun muhim vosita sifatida, maxsus leksika, terminologiya va kasbiy kommunikatsiya ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Tarjimaning kasbiy muloqotdagi o‘rni faqat tilni bilish bilan cheklanmaydi, balki o‘quvchilarga ixtisoslashgan sohalarda aniq, to‘g‘ri va samarali muloqot qilish imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada tarjima nazariyasining asosiy tamoyillari, shuningdek, amaliy yondashuvlar va metodlar, jumladan, interaktiv texnologiyalar, rol o‘yinlari va simulyatsiyalar orqali kasbiy muloqotning samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada kasbiy muloqotda tarjima metodlarining innovatsion yondashuvlari, masalan, muloqotni real sharoitda simulyatsiya qilish va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish, shuningdek, tarjimonlarning malakasini oshirish uchun zarur bo‘lgan treninglar va professional rivojlanish kurslari haqida tavsiyalar beriladi. Tarjimaning kasbiy sohadagi ahamiyati, uning xalqaro aloqalar va global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdagi roli keng tahlil etiladi. Bu o‘z navbatida, tarjimaning nafaqat madaniy va ilmiy almashinuvdagi, balki iqtisodiy va siyosiy aloqalarda ham muhim vosita sifatida ahamiyatini oshiradi.

Kalit so'zlar: Tarjima; kasbiy muloqot; nazariy asoslar; amaliy masalalar; maxsus leksika; terminologiya; kommunikatsiya; interaktiv texnologiyalar; kasbiy ko‘nikmalar; rol o‘yinlari; simulyatsiya; malaka oshirish; innovatsion metodlar; treninglar; xalqaro aloqalar; global mehnat bozor.

Jurnaldagi sahifalar: 75 - 82

Yuklab olish