01.06.2025
23
TARJIMANING MANBASINI ANIQLASHDAGI MASALALAR (Yulduzli tunlar romanining yapon tiliga tarjimasi misolida)

Muallif: Saidov, Umidbek

Annotatsiya: Maqolada badiiy tarjima manbasining noaniqligi masalasi yoritilgan. Tarjima tahlili uchun asliyat matni zarur ekanligi barchamizga ma’lum. Odatda, asliyat matni haqida ma’lumotlar tarjimada aniq berilgan bo‘ladi. Ammo, “Yulduzli tunlar” romanining yaponcha tarjimasi misolida bunday mantiq doim ham ish bermasligi ma’lum bo‘ldi. Ya’ni tarjimada asliyat matni haqida hech qanday ma’lumotlar berilmagan. Agar tarjima manbasi aniq bo‘lmasa tadqiqotchi hal qilishi kerak bo‘lgan bir necha masalalar yuzaga keladi: a)Tarjima bilvositami yoki bevosita? b)Tarjima uchun qaysi til asos qilib olingan? c)Tarjima uchun nechanchi yilgi nashr asos qilib olingan? Tarjima amaliyotida uchrashi mumkin bo‘lgan bu masalani hal qilish va tarjima manbasi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun “sarlavhalarning qiyosiy tahlil” metodidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishi aniqlandi. Bunday tahlil metodi tarjima manbasini aniqlashdan tashqari, tarjima qanday tamoyillar asosida amalga oshirilgani haqida tasavvur shakillantirish uchun ham xizmat qilishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: sarlavhalar qiyosiy tahlili, bilvosita tarjima, bevosita tarjima, Okkam ustarasi, inglizcha tarjima, ruscha tarjima.

Jurnaldagi sahifalar: 159 - 169

Yuklab olish