18.06.2025
36
TASAVVUR - FALSAFIY TAFAKKURNING REFLEKTIV QUVVATI VA SEMIOGENEZ ALGORITMI SIFATIDA

Muallif: Bobokulov, Abror Abdug’ani o’g’li

Annotatsiya: Mazkur maqola inson tafakkurining falsafiy va gnoseologik asoslarini tahlil qilib, tasavvurni reflektiv tafakkurning yadro funksiyasi va semiogenez algoritmining asosiy elementi sifatida keltiriladi. Unda inson tafakkurining o‘zini o‘zi anglashga qaratilgan reflektiv qobiliyatini shaxsiy identifikatsiya, bilish chegaralari va mavjudlikni negatsiya qilish orqali tahlil qiladi. Refleksiya orqali yaratilgan binar fikrlash strukturasi (“men” – “men emas”) tasavvurni semantik jihatdan shakllantirish mexanizmini belgilaydi. Maqolada dekart, Kant, Haydegger, Sartr, Sossyur, Derrida va Deleuze kabi faylasuflarning qarashlari asosida inson ongining o‘z-o‘zini tahlil qilish, yo‘qlikni tasavvur qilish va identitetni inkor orqali shakllantirish mexanizmlari chuqur yoritilgan. Semiogenez jarayoni reflektiv tafakkur yordamida yuzaga keluvchi ontologik negatsiya asosida belgilar, nomlar va yangi tushunchalar tizimini yaratishni ifodalaydi.

Kalit so'zlar: tasavvur, reflektiv tafakkur, semiogenez, identifikatsiya, ontologik negatsiya, falsafiy tafakkur, gnoseologiya, binar tafakkur, til va belgi tizimi, sun’iy intellekt.

Jurnaldagi sahifalar: 285 - 294

Yuklab olish