18.06.2025
40
THE BOUNDARY BETWEEN GENIUS AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, HUMAN CREATIVITY

Muallif: Fozilov, G‘olibjon Nabijonovich

Annotatsiya: Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti natijasida sun’iy intellekt (SI) inson faoliyatining turli jabhalariga jadal kirib kelmoqda. Dastlab faqat texnik va hisoblash sohalarida qo‘llangan SI, endilikda san’at, adabiyot, musiqa, va ilmiy izlanishlar kabi ijodiy jarayonlarga ham ta’sir o‘tkaza boshladi. Bu esa insonning tabiiy iste’dodi va daholigi bilan sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan mahsulotlar o‘rtasidagi farq va o‘xshashliklarni o‘rganish zaruratini tug‘dirmoqda. Daholik – bu inson tafakkurining eng yuksak ifodasi bo‘lib, asrlar davomida san’at, ilm-fan va texnologiyaga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Biroq, bugungi kunda SI tizimlari tomonidan yozilgan she’rlar, chizilgan rasmlar va yaratgan innovatsion g‘oyalar inson dahosiga raqobatchi bo‘la oladimi degan savol dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kalit so'zlar: daholik, sun’iy intellect, inson ijodkorligi, texnologik taraqqiyot, sun’iy ijodkorlik, inson tafakkuri, san’at va texnologiya, ijodiy jarayon, intellektual tizimlar, innovatsion g‘oyalar, mashina o‘rganishi, mexanik ijodkorlik.

Jurnaldagi sahifalar: 302 - 311

Yuklab olish