28.06.2025
22
THE ROLE OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN HISTORICAL SCIENTIFIC WORKS

Muallif: Sheraliyeva, Shirin Abdisalomovna

Annotatsiya: Maqolada tarixiy va ilmiy asarlarda frazeologik birliklarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Ushbu mavzu bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar tadqiq qilindi. Mazkur tushunchaga turli olimlarning qarashlari misol tariqasida keltirilgan. Bu kabi masalani o‘rganish frazeologik birliklarning tarixiy ilmiy asarlarning tuzilishi va mazmuniga ta’sirini anglash uchun dolzarb va muhimdir, chunki frazeologik birliklar ilmiy matnlarning uslubi va tilini shakllantirishda, shuningdek, muayyan madaniy va tarixiy tushunchalar hamda ma’lumotlarni uzatishda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, frazeologik birliklarning tarixiy ilmiy asarlardagi o‘rni masalasini tadqiq qilish til va tarixiy ilmiy asarlar o‘rtasidagi munosabatni chuqurroq o‘rganish, shuningdek, frazeologik birliklarning turli kontekst va davrlarda qo‘llanish xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Frazeologik birliklarning turli davrlarda qo‘llanilishini o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish o‘tmish tili va madaniyati haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga yordam beradi. Bu sohadagi keyingi tadqiqotlar yangi kashfiyotlar va frazeologik birliklarning ilmiy matn shakllanishiga qanday ta’sir qilishini tushunishga olib kelishi mumkin, chunki tarixiy ilmiy asarlarda frazeologik birliklarning vazifalari xilma-xildir. Ulardan ma’lum tushunchalarni, his-tuyg‘ularni yetkazish, shuningdek, matnning ma’lum bir uslubini yaratish uchun foydalanish mumkin. Frazeologik birliklarning funktsiyalarini o‘rganish ular matnni va uning mazmunini idrok etishga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ibora; frazeologiya; frazeologik birliklar; tarixiy ilmiy asarlar; madaniyat; tarix; etimologiya.

Jurnaldagi sahifalar: 113 - 121

Yuklab olish