08.09.2025
10
TILSHUNOSLIKDA YORDAMCHI SOʻZLARNING TAHLILI

Muallif: Abdunabiev, Sunnat Botirovich; Safaraliev, Bekjon Sulaymon oʻgʻli

Annotatsiya: Ushbu maqolada turli tillarda, xususan, rus, o‘zbek va arab tillarida yordamchi so‘zlarning grammatik tizimdagi o‘rni va vazifalari tahlil qilinadi. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlar bilan birgalikda grammatika tizimini shakllantirishda ishtirok etadi, ularning semantikasi grammatik ma’nolarni ifodalashda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada ko‘makchilar, bog‘lovchilar, yuklamalar va artikllarning vazifalari tahlil qilinib, ular orqali ifodalanuvchi munosabatlar - makon, zamon, sabab, maqsad va boshqalar haqida misollar asosida fikr yuritiladi. Ayniqsa, arab tilidagi yordamchi so‘zlarning boshqaruv xususiyatlari, ularning kelishik shakllariga ta’siri hamda ifoda uslublari alohida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida uch tildagi lingvistik adabiyotlar solishtirilib, umumiylik va farqlarga e’tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: yordamchi so‘zlar, ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, artikl, grammatik munosabat, arab tili, rus tili, o‘zbek tili, kelishik, suppozitsiya, boshqaruv.

Jurnaldagi sahifalar: 122 - 127

Yuklab olish