11.06.2025
10
TURKIY XALQLAR IJTIMOIY-FALSAFIY TAFAKKURIDA TADBIRKORLIK VA ISHBILARMONLIK KO‘NIKMALARINING EVOLYUTSIYASI TAHLILI

Muallif: Ganiyev, Baxodirjon Sodiqjonovich

Annotatsiya: Mazkur ilmiy tezisda turkiy xalqlarning tarixiy va madaniy rivojlanish jarayonida shakllangan ijtimoiy-falsafiy tafakkur doirasida tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi hamda zamonaviy talablarga mos ravishda evolyutsiyalashuvi tahlil qilinadi. Asarda qadimgi turkiy manbalar, tarixiy tajriba va milliy tafakkur namunalarida tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-ma'naviy asoslari ochib beriladi. Shuningdek, bugungi globallashuv va modernizatsiya sharoitida turkiy xalqlarning an’anaviy qadriyatlari bilan uyg‘unlashgan holda zamonaviy ishbilarmonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tarixiy-falsafiy yondashuv asosida tadbirkorlik madaniyatining ijtimoiy mohiyati va milliy o‘ziga xosligi yoritiladi.

Kalit so'zlar: turkiy xalqlar, ijtimoiy-falsafiy tafakkur, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, ko‘nikma, evolyutsiya, milliy qadriyatlar, tarixiy tajriba, modernizatsiya, an’anaviy tafakkur, tadbirkorlik madaniyati, falsafiy tahlil, ijtimoiy rivojlanish, ma’naviy asoslar, zamonaviylik.

Jurnaldagi sahifalar: 119 - 124

Yuklab olish