13.12.2023
310
TURKIYADA JURNALISTIKA TA’LIMINING TASHKIL ETILISHIGA DOIR

Muallif: Bahodirova, Sevara

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning birinchi yarmidayoq bu soha vakillarining o‘qimishli bo‘lishiga ehtiyoj sezilganligi, bu yo‘lda bir qancha islohotlar amalga oshirilganligi ko‘rib chiqiladi. 1931-yilgi “Matbuot to‘g‘risida”gi qonun, uning qabul qilinish jarayonlari, kiritilgan o‘zgartirishlar va ko‘p martalik urinishlardan so‘ng jurnalistika ta’limini beruvchi oliy o‘quv yurti ochishga erishish; buning mantiqiy davomi sifatida jurnalistika oliy o‘quv yurtlarining nufuzli universitetlar kommunikatsiya fakultetlariga aylantirilishi, vaqf universitetlarida kommunikatsiya va jurnalistika fakultetlarining ochilishi, xususiy jurnalistika oliy o‘quv yurtlari bilan qisqacha tanishiladi.

Kalit so'zlar: Jurnalistik ta’lim, media, kommunikatsiya, qonun, o‘rta ta’¬lim, oliy ta’lim, matbuot.

Jurnaldagi sahifalar: 416 - 422

Yuklab olish