01.12.2025
12
VYETNAM TILIDAGI “CÁI” HISOB SO‘ZINING FONETIK KELIB CHIQISHI: TARIXIY-FONOLOGIK TAHLIL

Muallif: Qodirova, Dilbarxon Mirzaxparovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada Vyetnam tilidagi keng qo‘llaniladigan hisob so‘zlari - “cái”ning fonetik kelib chiqishi, tarixiy fonologik va semantik taraqqiyoti tahlil qilinadi. Vyetnam tili analitik til bo‘lib, morfologiyasi sodda, ammo sintaksisi murakkab, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo tillarida keng tarqalgan klassifikatorlar tizimiga ega. Hisob so‘zlar predmetlarni sanash va tasniflashda, shuningdek, ontologik va semantik xususiyatlarini belgilashda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada quyidagilar amalga oshiriladi: vyetnam tilidagi klassifikator tizimi va tipologik xususiyatlari tahlil qilinadi; cái hisob so‘zining Proto-Viet va xitoy tilidan kelib chiqqan fonetik-etimologik ildizlari o‘rganiladi; qadimgi sino-vyetnam lug‘atlari va Chữ Nôm yozuvlari orqali bu birliklarning tarixiy qo‘llanilishi misollar bilan ko‘rsatiladi; shuningdek, ularning hozirgi zamon vyetnam tilidagi semantik va grammatik differensiallashuvi izohlanadi. Tadqiqot Michel Ferlus (1982) fonetik izlanishlari va boshqa manbalarga tayangan. Natijada, cái hisob so‘zi proto-viet ildizidan kelib chiqqan va xitoycha 個 (gè) klassifikatori bilan mustahkamlangan bo‘lib, fonetik va semantik jihatdan Vyetnam tilida mustaqil klassifikator sifatida shakllanganligi tasdiqlanadi. Shu bilan birga, con hisob so‘zi jonli mavjudotlar uchun ishlatiladigan markaziy klassifikator sifatida tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Vyetnam tili, hisob so‘zlar, klassifikatorlar, cái, fonetik-etimologiya, Chữ Nôm, semantik taraqqiyot.

Jurnaldagi sahifalar: 135 - 143

Yuklab olish