Muallif: Valieva, Noiba Abbasxonovna
Annotatsiya: Mazkur maqolada “五福 [wǔfú] baxt” modelining komponentlaridan biri 寿 [shòu] uzoq umr iyeroglifi qatnashgan frazeologik birliklar tahlillar keltirilgan. Xitoyliklar milliy lisoniy ongida baxt konseptini ifodalovchi “五福 [wǔfú] baxt” modeli vaqt o‘tishi bilan turli sabablarga ko‘ra o‘zgarishga yuz tutgan bo‘lib, undagi komponentlar tarkibi va iyerarxiyasi o‘zgargan. Biroq aynan birlamchi komponentlardan bo‘lgan 寿 [shòu] uzoq umr iyeroglifi o‘z o‘rnini saqlab qolgan. Bu esa uzoq umr baxtning birlamchi va asosiy tarkibi ekanini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Model, uzoq umr, component, baxt, konsept.
Jurnaldagi sahifalar: 31 - 36