03.12.2025
16
XITOY ELCHISI CHJAN CHYANNING MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA’LUMOTLARI

Muallif: Xubbaliyeva, Maxpurat

Annotatsiya: Ushbu maqolada miloddan avvalgi II asrning ikkinchi yarmida yashab o’tgan mashhur xitoy elchisi Chjan Chyanning Markaziy Osiyo, xususan, Turkiston tarixiga oid ma’lumotlari tahlil qilinadi. Chjan Chyan tomonidan amalga oshirilgan ekspeditsiyalar orqali Xitoy ilk bor “G’arbiy o’lka” deb nomlanuvchi yangi geografik hudud bilan tanishdi. Mazkur sayohat natijasida Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyo bilan diplomatik, savdo va madaniy aloqalar yo’lga qo’yildi. Elchi tomonidan to’plangan ma’lumotlar asosida Xitoy imperiyasi G’arbga kengayish siyosatini olib bordi va Buyuk Ipak yo’lining shakllanishiga zamin yaratildi. Shuningdek, maqolada Chjan Chyanning Davan (Farg’ona), Baqtriya, Kanguy kabi davlatlar haqida bergan tasvirlari, ularning iqtisodiy, harbiy va madaniy hayoti haqidagi ma’lumotlar, hamda ularning Xitoy bilan bo’lgan ilk aloqalari yoritilgan. Chjan Chyanning tarixiy xizmatlari xitoy manbalarida, ayniqsa “Shi ji” (Tarixiy xotiralar) va “Han shu” (Xan sulolasi tarixi) asarlarida muhim o’rin egallaydi. Mazkur maqola Xitoyning qadimgi tashqi siyosati va diplomatiyasini o’rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Chjan Chyan, G’arbiy o’lka, Davan, Baqtriya, Markaziy Osiyo, Xan sulolasi, Shi ji, Buyuk Ipak yo’li.

Jurnaldagi sahifalar: 526 - 533

Yuklab olish