20.11.2022
367
XITOY TA’LIM SHIORLARINING XITOY TA’LIM TERMINLARI VA XITOY TA’LIMIY METAFORALARIDAN LEKSIK-SEMANTIK JIHATDAN FARQLASH

Muallif: Giyosov, B.U.

Annotatsiya: Ta’lim shiorlari ijtimoiy nutqning bir turi sifatida butun dunyoda keng qoʻllaniladigan muhim madaniy hodisadir. Shiorlar Xitoy xalqi hayoti va madaniyatida juda muhim hodisadir. Bu xitoylarning hayoti va tiliga shu qadar chuqur taʻsir qiladiki, uni oʻrganish va oʻzbek tiliga tarjim qilish kerak. Shior soʻzini ifodalash uchun xitoy tilida quyidagi soʻz qoʻllaniladi: (标语口号 biao yu kou hao). Xitoy tilining nufuzli izohli lugʻatida «词海- Ci Hai» (Soʻzlar dengizi) quyidagi talqin mavjud: «口号 (kou hao) - maʻlum maqsadlarga erishish va harakatga undaydigan qisqa va aniq ibora». Shiorlarning lisoniy va uslubiy xususiyatlari hozirgacha ko‘plab tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Shiorlar til yordamida yaratiladi, shiorlardagi matnlar esa o‘z navbatda til mahsulidir. Shiorni lingvistik va stilistik tadqiqot obyekti desak, yaratilgan ko‘plab maqolalarning mavjudligi o‘z navbatida shiorlarni o’rganilganlik darajasini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada 1) ta’lim tili va uning tasnifi; 2) ta’lim shiorlarning ta’limiy metafora va ta’lim terminlaridan farqlashning o’ziga xos xususiyatlari; 3) ta’lim shiorlari, ta’lim terminlari va ta’limiy metaforalarning vazifa va maqsadiga koʻra bir-biridan ajratilishi? kabi masalalrni tahlil etishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ta’lim tili, ta’lim shiorlari, ta’limiy metaforalar, ta’lim terminlari.

Jurnaldagi sahifalar: 245 - 251

Yuklab olish