Muallif: Abdullayev, Islom
Annotatsiya: Xitoy tilida asindeton hodisasi turli xil stilistik uslublarda ifodalanishi mumkin. Bunda ushbu hodisaning ifodalanishi grammatik konstruksiyalarda ham kuzatiladi. Ushbu maqolamizda biz “比” ishtirokidagi gaplarda asindetonning ifodalanishini ko‘rib chiqamiz. Avval “比” ishtirokidagi gaplarda ba'zi bo‘laklarning tushib qolish muammosida to‘htalib o‘tsak. Odatda “比”dan oldingi va keyingi so‘zlarning xususiyati hamda “比”dan oldingi va keyingi so‘z birikmalarining tuzilish shakli bir xil bo‘ladi. Agarda“比”dan oldingi yoki keyingi so‘zlar orasida o‘xshashlari bo‘lsa, tilning oson kelishishi uchun birini tushirib qoldirish mumkin (odatda “比”dan keyingi qism tushib qoladi). So‘zning tushib qolishi natijasida gapda yuzaga keladigan o‘zgarish uning mazmuniga ta'sir qilmaydi.
Kalit so'zlar: “比”, “ot, olmosh + 的 + asosiy so‘z”, asindeton hodisasi
Jurnaldagi sahifalar: 678 - 682