04.12.2025
18
XITOY TILIDA 助(zhù) IYEROGLIFI QATNASHGAN IBORALAR TAHLILI

Muallif: Sodirova, Aziza Mirkomol qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada xitoy tilidagi iboralar, ularning kelib chiqish tarixi va manbaalari haqida ma’lumot berilib, undan tashqari aynan 助zhu iyeroglifi qatnashgan bir qancha iboralar misol sifatida beriladi. Keltirilgan iboralar semantik va tuzilish jihatidan tahlil qilinadi. Xitoy tili uzoq yillik tarixga ega eng qadimiy tillardan biri bo‘lib, bu uning lug‘at boyligida iboralar ham talaygina ekanligidan dalolat beradi. Hammamizga ma’lumki, xitoy xalqidek iboralardan ko‘p foydalanuvchi xalq bo‘lmasa kerak. Bu ham o‘z navbatida nutqning yorqin va ta’sirli bo‘lishiga yordam beradi. Xitoy tilidagi iboralar tizimi o‘ziga xosligi, qadimiyligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi. Ushbu maqolada tanlab olingan 助 iyeroglifi boshqalarga yordam berish, ko‘maklashish ma’nolarini bildirib, xitoy tilida bu iyeroglif qatnashgan talaygina iboralar mavjud. Ushbu maqola o‘z navbatida xitoy tilini o‘rganuvchi yoshlar va tishunoslar uchun foydali manbaa bo‘lib xizmat qila oladi.

Kalit so'zlar: ibora, xitoy tilining o‘ziga xosligi, yordam, ta’rif, qadriyat, ezgulik.

Jurnaldagi sahifalar: 779 - 785

Yuklab olish