02.12.2025
18
XITOY TILIDAN O‘ZBEK VA O‘ZBEK TILIDAN XITOY TILIGA QILINGAN ASARLAR TARJIMASI

Muallif: Xasanova, Shaxzoda

Annotatsiya: Mazkur maqolada Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalarning muhim yo‘nalishlaridan biri – tarjima jarayoni tahlil qilinadi. Xitoy adabiyoti namunalarining o‘zbek tiliga, shuningdek, o‘zbek adabiyoti asarlarining xitoy tiliga o‘girilishi tarixiy bosqichlar, tarjima maktablari va tarjimonlar faoliyati misolida ko‘rib chiqiladi. Maqolada asosan XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlarida amalga oshirilgan tarjimalar haqida ma’lumot berilib, ayrim asarlarning bevosita tarjima qilinmagan, balki rus tili vositachiligida o‘zbek va xitoy tillariga o‘tkazilgani ham qayd etiladi. Shuningdek, o‘zbek va xitoy adabiyoti o‘rtasidagi tarjima jarayoni ikki xalqning madaniy integratsiyasi va adabiy muloqotining muhim omili sifatida yoritiladi. Mazkur maqola shu kunga qadar o‘zbek tilidan xitoy tiliga hamda xitoy tilidan o‘zbek tiliga qilingan tarjima asarlar haqida boradi. Maqolada o‘zbek tarjimashunoslarini qilgan mehnatlarini olib chiqish dolzarblikni aks ettiradi

Kalit so'zlar: Xitoy tili, o‘zbek tili, tarjima, madaniy almashinuv, adabiy asar, lingvistik xususiyatlar, tarjima usullari, ekvivalentlik, adekvat tarjima, tarjimonlik mahorati, madaniyatlararo muloqot.

Jurnaldagi sahifalar: 389 - 394

Yuklab olish