25.06.2022
533
XITOY TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘RGATISHDA VAQT-MIQDOR TO`LIQLOVCHI (时量补语) LARINI XATO GAPLAR ORQALI TAHLIL

Muallif: Tilovov, Ozod Zairjonovich; Abiden qizi, Aynur

Annotatsiya: “补语” zamonaviy xitoy tilida gap bo`laklaridan biri hisoblanib, o`zbek tilidan farqli ravishda, xitoy tilida gap bo`laklari olti katta guruhga bo`linadi. O`z navbatida “补语” quyidagi guruhlarga bo`linadi: Natija to‘liqlovchi; yo‘nalish to‘liqlovchi; potensial, imkoniyat to‘liqlovchi; modal to‘liqlovchi; daraja to‘liqlovchi; vaqt-miqdor to‘liqlovchi; predlog birikmali to‘liqlovchi. Demak, ko‘rinadiki, vaqt-miqdor to`liqlovchilari ham zamonaviy xitoy tilida muhim grammatik shakl bo‘lib, xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitishda muhim grammatik nuqta hisoblanadi. Ushbu maqolada filolog talabalar vaqt-miqdor to`liqlovchilarini oʻrganishda yuzaga keladigan muammolar, yo`l qo`yiladigan xatolarni oʻrganadi hamda bu muammolarga tegishli yechimlarni ilgari suradi va vaqt-miqdor to`liqlovchilarining bir nechta turli grammatik shakllarini sodda, tushunarli qilib umumlashtiradi.

Kalit so'zlar: 离合词;对外汉语;时量补语;偏误分析

Jurnaldagi sahifalar: 420 - 429

Yuklab olish