Muallif: Nazarova, Sayyora; Daojia, Chi
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xitoy tilini O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ikkinchi xorijiy til sifatida joriy etish masalalari yoritilgan. Unda normativ-huquqiy asoslar, o‘quv dasturlari va darsliklar hamda baholash tizimlari, jumladan choraklik spetsifikatsiyalar tahlil qilinadi. Shuningdek, Xitoy va Rossiya tajribalariga oid ilmiy adabiyotlar sharhi berilib, O‘zbekiston ta’lim amaliyotidagi yangiliklar bilan bog‘lanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda xitoy tilini ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitish jarayoni bosqichma-bosqich yondashuv, maxsus dasturiy hujjatlar, xalqaro tajribaga asoslangan darsliklar va baholashning standartlashtirilgan tizimi orqali shakllanmoqda.
Kalit so'zlar: Xitoy tili, ikkinchi xorijiy til, umumta’lim maktablari, o‘quv dastur, darslik, baholash tizimi.
Jurnaldagi sahifalar: 42 - 49