16.11.2023
217
XITOY VA O‘ZBEK LINGVOMADANIYATIDA NUTQIY ETIKET TUSHUNCHASI

Muallif: Shamsiyeva, Sh.Q.

Annotatsiya: Turli xalqlar, tillar va madaniyatlar yaqinlashgan bugungi kunda, xorijiy tillarni o‘rganish bilan birga, boshqa madaniyatlarga ham qiziqish ortib bormoqda. Madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortmoqda. Madaniyatlararo muloqot muammolari bilan shug‘ullangan aksariyat xorijlik tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, chet elliklar bilan muomalada bo‘lganda grammatik, leksik va uslubiy xatolar kechiriladi, chunki bu ulardagi til bilimining yetarli emasligi bilan izohlanadi. Biroq muloqot jarayonida ijtimoiy-madaniy me’yorlarning, odob-axloq qoidalarining buzilishi salbiy qabul qilinadi. Shundan kelib chiqqan holda, globallashuv, standartlashuv, integratsiиyalashuv va madaniyatlarning aralashuvi yuz berayotgan bugungi kunda madaniyatlararo muloqot muammolarini o‘rganish, ularni tadqiq etish dolzarb masalalardan biridir.

Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, etiket, nutqiy etiket, obro‘, murojaat shakllari.

Jurnaldagi sahifalar: 243 - 249

Yuklab olish