Muallif: Mustafayeva, Samida
Annotatsiya: Tilda rangni ifodalovchi leksika tilshunoslarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Chunki ranglar tizimi nafaqat lingvistik jihatdan, balki kognitiv, madaniy, falsafiy va psixologik jihatdan ham tadqiqot uchun ahamiyatlidir. Muayyan tilda ranglarning yuqoridagi kabi fanlar kesishuvida tadqiq etish esa bugungi kun lingvistika sohasi uchun muhim ma’lumotlarni berishi mumkin. Xitoy va Yaponiya geografik jihatdangina yaqin bo‘lmay, tarixiy, madaniy aloqalarning ham uzoq o‘tmishga egaligi bilan alohida e’tiborga molik. Mazkur maqola doirasida bu ikki mamlakat tillarida ranglar, ularning semantik xususiyatlarini chog‘ishtirib o‘rganish, ranglar tizimi orqali tillardagi leksik tizim, ularning xitoy va yapon millatlari ongi olam manzarasidagi in’ikosi masalalarini o‘rganish maqsad qilindi.
Kalit so'zlar: rang, koloronim, semantika, olam manzarasi, semantik yadro, xitoy tili, yapon tili, assotsativ ma’nolari.
Jurnaldagi sahifalar: 38 - 43