Muallif: Abdazimov, Javlon
Annotatsiya: Xitoyning “Global boshqaruv tashabbusi” (全球治理倡议) tashabbusi 2025-yilda e’lon qilingan bo‘lib, u xalqaro hamkorlik va global boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan tashabbus sifatida ko‘riladi. Tashabbus BMTning asosiy prinsiplari — suverenitetlarni hurmat qilish, xalqaro huquq, ko‘p tomonlama hamkorlik va inson farovonligini ta’minlashga monanddir. Shu bilan birga, tashabbus BMT tizimidagi ayrim masalalar vakillik yetishmasligi, samaradorlik pasayishi va yangi global chaqiriqlarga javob berishda bo‘shliqlar mavjudligini haqida ishora beradi. Tashabbus BMT vazifalari bilan ko‘p jihatdan uyg‘un bo‘lsada, uning amalga oshirilishi, moliyaviy va siyosiy mexanizmlari hamda BMT bilan o‘zaro ta’siri masalalarida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Xitoy tashabbusi BMTning markaziy rolini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan bo‘lsada, global boshqaruvda yangi institutlar paydo bo‘lishi va manfaatlar to‘qnashuvi xavfi mavjud. Umuman olganda, Xitoy tashabbusi global boshqaruv tizimini yangilash va dunyo davlatlari o‘rtasida adolatli va samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan strategik tashabbus sifatida baholanadi.
Kalit so'zlar: Global boshqaruv, Xitoy, BMT, xalqaro huquq, suverenitet, ko‘p tomonlama hamkorlik, xalqaro hamkorlik, global chaqiriqlar, samarali boshqaruv, global rivojlanish, xalqaro xavfsizlik, Xitoy tashabbuslari
Jurnaldagi sahifalar: 598 - 602