Muallif: Akramxodjayeva, Dilfuza Abduganiyevna
Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tillar darslarida gender tenglik madaniyatini shakllantirishning pedagogik metodlari tahlil qilinadi. Tadqiqot Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti misolida olib borilib, unda interaktiv usullar, muammoli ta’lim va munozaralarga asoslangan yondashuvlarning talabalarda gender sezgirlik, teng huquqlilik va o‘zaro hurmat madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Xorijiy tillar darslarida qo‘llaniladigan rol o‘ynash, guruhli ishlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish hamda debatlar orqali talabalarning tanqidiy fikrlash va ijtimoiy faolligi oshirilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari xorijiy tillar ta’limining tarbiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish va gender tenglik tamoyillarini ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: gender tenglik madaniyati, xorijiy tillar ta’limi, pedagogik metodlar, interaktiv usullar, muammoli ta’lim, munozara va debatlar, gender sezgirlik, oliy ta’lim
Jurnaldagi sahifalar: 214 - 218