08.02.2026
8
XORIJIY TILLARDAGI QONUN MATNLARIDA GENDERGA OID TERMINOLOGIYA TAHLILI

Muallif: Jalolova, Iroda Mahmudjanovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada xorijiy tillarda (ingliz, fransuz va nemis tillari misolida) yaratilgan qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan genderga oid terminologiya lingvistik va huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida gender tenglik tushunchasining normativ-huquqiy matnlarda ifodalanish shakllari, gender neytral va genderga xos terminlarning qo‘llanish xususiyatlari hamda ularning semantik yuklamasi o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro va milliy qonunchilik matnlarida gender masalasiga doir terminlarning tarjima jarayonida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilinib, ularning huquqiy mazmunni saqlab qolishdagi ahamiyati yoritiladi. Maqola xorijiy tillar va huquqiy matnlar bilan ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: huquqiy matn, xorijiy tillar, gender neytral til, qonun hujjatlari, lingvistik tahlil, huquqiy diskurs, tarjima muammolari, normativ-huquqiy matn

Jurnaldagi sahifalar: 260 - 264

Yuklab olish